Kompaniya haqida

Bizning missiyamiz

Bizning missiyamiz — odamlar salomatligi haqida uzluksiz g‘amxo‘rlik qilish va ularning hayot sifatini yaxshilashdan iborat. Buni biz innovatsion, sifatli va hamyonbop dori vositalarining to‘liq turini taqdim etish orqali amalga oshiramiz.

Bizning qarashimiz

Eng yaxshi mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirgan holda, O‘zbekiston bozorida eng kuchli 10 ta farmatsevtika kompaniyasi qatoriga kirish.

Bizning qadriyatlarimiz
Hayot
Biz hayotni asrab-avaylash lozim bo‘lgan bebaho ne’mat deb bilamiz.
Ijodkorlik
Biz mumkin bo‘lgan imkoniyatlarning yangi qirralarini ochamiz.
Mas’uliyat
Biz jamiyat farovonligi uchun mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz.
Jamoaviy ruh
Biz birlashganmiz va maqsadlarga birgalikda erishamiz.
Professionalizm
Biz yuqori darajadagi mahoratni namoyon etamiz.
Hurmat
Biz har bir insonning fikrini qadrlaymiz.
ISHLAB CHIQARISH MAYDONLARI

Biz dori vositalarini ishlab chiqarish masalasiga katta e’tibor qaratamiz va eng zamonaviy ishlab chiqarish maydonlarini tanlaymiz. Ular Yevropaning bir nechta davlatlarida joylashgan bo‘lib, vaqt sinovidan o‘tgan va sifat nazorati tizimi bilan tekshirilgan. Barcha maydonlar ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda ishlaydi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Good Manufacturing Practice (Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti) standartlariga muvofiq jihozlangan. .

Ushbu ishlab chiqarish maydonlarida malakali xodimlar faoliyat olib boradi — aynan ular haqiqatan samarali dori shakllarini ishlab chiqarishga javobgardirlar. Hamkorlarimizga tegishli ishlab chiqarish maydonlari doimiy ravishda takomillashtiriladi, ularda zamonaviy texnologik jarayonlar joriy etiladi. Shuningdek, bu yerda sifat bo‘yicha muntazam auditlar o‘tkaziladi. Bu auditlarda turli mamlakatlardan bo‘lgan hamkor kompaniyalar vakillari va davlat nazorat organlari ishtirok etadi.

TADQIQOTLAR VA ISHLANMALAR

Farmatsevtika sohasida doimo oldinga harakat qilish muhim — aynan shu ish bilan turli mamlakatlardagi ilmiy-tadqiqot markazlarimiz xodimlari shug‘ullanadi.

Yangi dori shakllarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar zamonaviy uskunalar va yuqori aniqlikka ega tahlil laboratoriya asbob-uskunalari bilan ta’minlangan. Bugungi kunda SPEY farmatsevtika sohasida sezilarli yutuqlarga erishgan va dori vositalarini ishlab chiqish ishlari davom etmoqda.

Hozirda kompaniya tomonidan turli dori shakllarida 30 dan ortiq yangi preparatlar ustida ilmiy ishlanmalar olib borilmoqda.

Yaratuvchan yondashuv olimlarning mehnati va mukammal jihozlangan laboratoriyalar bazasiga asoslanadi — aynan shu yo‘l bilan biz yangi mahsulotlar yaratamiz va butun sog‘liqni saqlash sohasini oldinga siljitamiz. Bizga analitik kimyo yo‘nalishidagi izlanishlardan tortib, yakuniy mahsulotlarni bemorlar ishtirokidagi fokus-guruhlar orqali baholashgacha bo‘lgan barcha turdagi tadqiqotlar imkoniyati mavjud.

Kompaniya raqamlarda
50000 DORI VOSITALARI
Shu miqdordagi dori vositalarimiz har yili hamkorlarimizning ishlab chiqarish liniyalarida tayyorlanadi va bu ko‘rsatkich ortib bormoqda.
450 XODIM
Bizning eng katta boyligimiz – bu jips va hamjihat jamoamiz: tibbiyot vakillari, distributyorlar, marketing va sotuv mutaxassislari.
300 NOMINAL
Biz bozorda o‘zini isbotlagan 300 dan ortiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori nomlarini ishlab chiqaramiz.
15 FILIAL
Dunyo bo‘ylab kompaniya faoliyatini 15 ta filialimiz qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa kerakli miqdordagi dori vositalarining uzluksiz yetkazib berilishiga imkoniyat yaratadi.
20 DAVLATDA FAOLIYAT
SPEY mahsulotlari Yevropa, Afrika, Lotin Amerikasi, Janubi-Sharqiy Osiyo va Markaziy Osiyo kabi 5 mintaqada yirik va muntazam yetkazib beriladi.
Hamkorlik

Sog‘liqni saqlash sohasidagi maqsadlarimizni amalga oshirish uchun biz turli mamlakatlardagi yirik dorixonalar tarmoqlari va tibbiy tuzilmalar vakillari bilan hamkorlikda ishlaymiz.

Biz turli terapevtik yo‘nalishlar bo‘yicha samarali va hamyonbop preparatlarni muntazam yetkazib berishni taklif etamiz. Mahsulotlarni buyurtmachining talablariga moslashtirish va assortimentni kengaytirish imkoniyati mavjud.

SPEY yangi preparatlarni ishlab chiqarish hamda allaqachon ishlab chiqarilayotgan shakllarni qo‘llab-quvvatlashga qiziqqan xaridorlar va hamkorlarni izlaydi. Bu esa bizga va biz bilan hamkorlik qilayotganlarga bozordagi pozitsiyalarni mustahkamlashga imkon beradi.

Bizda dermatologiya, endokrinologiya, ginekologiya, kardiologiya va boshqa yo‘nalishlar uchun turli dori shakllarini ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan. Har bir sohada SPEY kompaniyasining o‘ziga xos ishlanmalari hamda xalqaro miqyosda tanilgan ishlab chiqaruvchilar qatoriga kiruvchi mijozlari mavjud bo‘lib, ular uchun mahsulotlar shartnoma asosida ishlab chiqariladi.

Brauzeringiz eskirgan, uni eng oxirgi versiyasiga yangilashni tavsiya qilamiz
yoki boshqa zamonaviy versiyasidan foydalaning.