DIBETAZON

Qisqacha tavsif
Preparatning savdo nomi: Dibetazon
Ta’sir etuvchi modda (XPN): betametazon 
Dori shakli: in’eksiya uchun suspenziya
Tarkibi:
1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 6,43 mg betametazon dipropionati (5 mg betametazonga ekvivalent) va 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 2,63 mg betametazon natriy fosfati (2 mg betametazonga ekvivalent);
yordamchi moddalar: suvsiz dinatriy gidrofosfati, natriy xloridi, dinatriy edetati,  polisorbat 80, benzil spirti, makrogol 4000, metilparagidroksibenzoati, propilparagidroksibenzoati, natriy karboksimetilsellyuloza, xloristovodorod kislotasi, in’eksiya uchun suv.
Ta’rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish, suspenziyaga oson suspenziyaluvchi oq yoki deyarli oq rangli zarrachalarni saqlovchi, qovushoqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar. Glyukokortikoidlar.
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Batafsil tavsif
Qo‘llanilishi

– Revmatoid artrit, osteoartritlar, bursitlar, tendosinoviitlar, tendinitlar, peritendinitlar, ankilozlovchi spondilit, epikondilit, radikulit, koksidiniya, ishias, lyumbago, qiyshiq bo‘yin, ganglioz kista, ekzostoz, fassiit, tovon kasalliklari, qattiq qadoq fonidagi bursit, shporalar, oyoq panjasining katta barmog‘ini og‘ir harakati.
– Bronxial astma, astmatik status, pichan isitmasi, allergik bronxit, allergik rinit, medikamentoz allergiya, zardob kasalligi, hashoratlar chaqishiga reaksiyalar.
– Atopik dermatit (tangasimon ekzema), neyrodermitlar, kontaktli dermatit, yaqqol quyosh nuri dermatiti, eshakemi, qizil yassi temiratki, insulin oqibatidagi lipodistrofiya, uyali alopetsiya, diskoid eritematoz yugurik, psoriaz, kelloid chandiqlar, oddiy po‘rsildoq yara, gerpetik dermatit, kistoz husnbuzarlar.
– Tizimli eritematoz yugurik, sklerodermiya, dermatomiozit, tugunli periarteriit.
– Kattalarda leykoz va limfomalarni palliativ davolash; bolalarda o‘tkir leykoz.
– Adrenogenital sindrom, yarali kolit, regionar ileit, spru; kortikosteroid davolashni talab qiluvchi qonning patologik o‘zgarishlari, nefrit, nefrotik sindrom.
– Buyrak usti bezi po‘stlog‘ining birlamchi va ikkilamchi yetishmovchiligida (mineralokortikoidlarni bir vaqtda qo‘llash shart bo‘lgan hollarda) qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Glyukokortikosteroidni organizmga tizimli tushish zarurati tug‘ilganida Dibetazonni mushak ichiga yuborish; bevosita shikastlangan yumshoq to‘qimaga yoki artritlarda bo‘g‘im ichi va periartikulyar in’eksiyalari ko‘rinishida; turli teri kasalliklarida teri ichki in’eksiyalari ko‘rinishida; tovonning ayrim kasalliklarida shikastlanish o‘chog‘iga mahalliy in’eksiyalar ko‘rinishida yuborish tavsiya qilinadi. 
Dozalash tartibi va yuborish usuli qo‘llashga ko‘rsatmalar, kasallikning og‘irligi va bemorning davolashga bo‘lgan reaksiyasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Doza minimal, davolash davri esa maksimal darajada qisqa bo‘lishi kerak.
Doza qoniqarli klinik samarani olish uchun muvofiq tanlangan bo‘lishi lozim. Agar qoniqarli klinik samara ma’lum vaqt o‘tgach namoyon bo‘lmasa, Dibetazon preparati bilan davolashni to‘xtatish va boshqa tegishli davolashni boshlash kerak. 
Tizimli davolash. Preparatning boshlang‘ich dozasi ko‘pchilik hollarda 1-2 ml ni tashkil qiladi. Zarurat bo‘lganida, bemorning holatiga qarab, preparatni yuborish takrorlanadi. Preparatni mushak ichiga chuqur yuboriladi:
- shoshilinch choralarga muhtoj og‘ir holatlarda (qizil yugurik va astmatik status), preparatning boshlang‘ich dozasi 2 ml ni tashkil qilishi mumkin;
- turli dermatologik kasalliklarda, odatda preparatning 1 ml yetarlidir;
- nafas tizimi kasalliklarida preparatning ta’siri Dibetazon preparatini mushak ichiga in’eksiya qilingandan keyin bir necha soat davomida boshlanadi. Bronxial astmada, pichan isitmasida, allergik bronxitda va allergik rinitda ahvolni sezilarli yaxshilanishiga 1-2 ml preaparat yuborilganidan keyin erishiladi;
- o‘tkir va surunkali bursitlarda mushak ichiga yuborish uchun boshlang‘ich doza preparatning 1-2 ml ni tashkil qiladi. Zarurat tug‘ilganida preparat bir necha marta takror yuborish o‘tkaziladi.
Mahalliy yuborish. Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi preparatni bir vaqtda qo‘llash bir-bir holatlardagina zarurdir. Agar mahalliy og‘riqsizlantiruvchi preparatni bir vaqtda qo‘llash lozim bo‘lsa, unda 1% yoki 2% prokain gidroxloridi yoki lidokain eritmasining parabenlarni saqlamaydigan dori shakllari ishlatiladi. Metilparaben, propilparaben, fenol va shunga o‘xshash moddalarni saqlovchi anestetiklarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi. Anestetikni Dibetazon preparati bilan majmuada qo‘llaganda avval flakondan preparatning kerakli dozasi tortib olinadi, keyin aynan shu shpritsga ampuladan mahalliy anestetikning kerakli miqdori tortib olinadi va qisqa vaqt davomida chayqatiladi. 
O‘tkir bursitlarda (subdeltovid, kurak osti, bilak va tizza oldi sohasiga) Dibetazon preparatini 1–2 ml sinovial sumkaga yuborish og‘riqni yengillashtirishi va bir necha soatga harakatchanlikni to‘liq qayta tiklashi mumkin. Surunkali bursitni davolashni kasallikning o‘tkir xuruji bartaraf qilinganidan keyin preparatning kichik dozalari bilan o‘tkaziladi. 
O‘tkir tendosinoviitlarda, tendinitlarda va peritendinitlarda Dibetazon preparatining bir in’eksiyasi bemorning ahvolini yengillashtiradi, surunkali kechishida – bemorning reaksiyasiga qarab, preparatning in’eksiyalarini takrorlash kerak. Preparatni bevosita payga yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Preparatni 0,5-2 ml dozada bo‘g‘im ichiga yuborish revmatoid artritda va  osteoartritda yuborilgandan keyin 2-4 soat davomida og‘riq va bo‘g‘imlarning qiyin harakatlanishini kamaytiradi.
Preparatning terapevtik ta’sirini davomiyligi ahamiyatli o‘zgarib turadi va 4 va undan ortiq haftani tashkil qilishi mumkin.
Katta bo‘g‘imlarga yuborishda preparatning tavsiya qilingan dozalari 1-2 ml ni; o‘rtacha bo‘g‘imlarga  – 0,5–1 ml ni; kichik bo‘g‘imlarga  – 0,25–0,5 ml ni tashkil qiladi..
Terining ayrim kasalliklarida preparatni bevosita shikastlanish o‘chog‘iga teri ichiga yuborish samaralidir, doza 0,2 ml/sm2 ni tashkil qiladi. Shikastlanish sohasini tuberkulin shpritsi va diametri taxminan 0,9 mm bo‘lgan igna yordamida bir tekis in’eksiya qilib chiqilad
Brauzeringiz eskirgan, uni eng oxirgi versiyasiga yangilashni tavsiya qilamiz
yoki boshqa zamonaviy versiyasidan foydalaning.