Qisqacha tavsif

Dori vositasining savdo nomi: Globaviks
Xalqaro patentsiz nomi (XPN): glyukozamin sulfat + xondroitin sulfat
Dori shakli: Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlashga mo‘ljallangan kukun

Tarkibi (har bir 4,7 g sacheda):
Faol moddalari:

·         Glyukozamin sulfat natriy xlorid (USP) – 1,884 g
(1500 mg glyukozamin sulfatga ekvivalent)

·         Xondroitin sulfat natriy (USP 90%) – 1,333 g
(1200 mg xondroitin sulfat natriyga ekvivalent, quruq modda hisobida)

Yordamchi moddalari: aspartam, “sunset yellow FCF” bo‘yog‘i, “xinolin yellow WS” bo‘yog‘i, tozalangan suv, suvsiz limon kislotasi, povidon, metilkarbinol, apelsin ta’mi (P7324), kolloid suvsiz kremniy oksidi.

Tavsif: Apelsin ta’miga ega, to‘q sariq rangli granulalar.


Sotib olish
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
Batafsil tavsif

Qo‘llanilishi:

  • I–III bosqichdagi osteoartroz

  • Periferik bo‘g‘imlar va umurtqa osteoartrozi


Qo‘llash usuli va dozalari:

Globaviks kukuni ovqatdan 20 daqiqa oldin ichga qabul qilinadi.

1 dona sache tarkibini 250 ml suvga solib, to‘liq eriguncha aralashtiring.
Zarurat tug‘ilganda oz miqdorda shakar qo‘shish mumkin.

Davolash muddati: 4 haftadan 8 haftagacha.
Kurs 2 oylik tanaffusdan so‘ng takrorlanishi mumkin.


Brauzeringiz eskirgan, uni eng oxirgi versiyasiga yangilashni tavsiya qilamiz
yoki boshqa zamonaviy versiyasidan foydalaning.