Qo‘llanish ko‘rsatmalari:
-
Har qanday lokalizatsiyadagi travmatik, ichki va operatsiyadan keyingi shishlar: bosh va orqa miya og‘ir shishlari, jumladan bosh miya ichidagi qon ketishlari, bosh miya bosimining oshishi va shishlanish hodisalari bilan birga;
-
Surunkali bosh miya qon aylanishi buzilishlari va vegetativ-qon tomir distoniyasida likvor-venoz buzilishlar;
-
Mushak-skelet tizimini qamrab olgan yumshoq to‘qimalarning shishlari, qon ta’minotining lokal buzilishi va og‘riq sindromi bilan birga;
-
Umurtqa, tana va qo‘l-oyoqlarda shish-og‘riq sindromlari;
-
O‘tkir tromboflebit bilan kechadigan pastki oyoqlarning venoz qon aylanishining og‘ir buzilishlari, shish va yallig‘lanish sindromi bilan birga.
Qo‘llash usullari va dozalari:
Preparat faqat sekin vena ichiga yuboriladi (arteriyaga yuborish qat’iyan man etiladi!) kunlik doza 5-10 ml.
Eng ko‘p vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya etiladi. Infuzion eritma tayyorlashda preparatni 50-100 ml 0,9% natriy xlorid eritmasiga suyultiriladi.
Hayotni xavf ostiga qo‘yadigan holatlarda (o‘tkir bosh miya jarohati, bosh va orqa miyadagi ichki va operatsiyadan keyingi shishlar, katta yumshoq to‘qima va skelet tizimi jarohatlaridan kelib chiqqan katta shishlar) kunlik doza 20 ml gacha oshiriladi va 2 ta yuborishga bo‘linadi.
Voyaga yetganlar uchun maksimal kunlik doza — 25 ml.
Bolalarda bir martalik doza quyidagicha:
-
1–5 yosh: tana massasining har 1 kg ga 0,22 mg L-lizin va eskinat;
-
5–10 yosh: 0,18 mg/kg;
-
10 yosh va undan katta: 0,15 mg/kg.
Preparat kuniga 2 marta yuboriladi.
Davolash kursining davomiyligi — bemorning holati va terapiya samaradorligiga qarab 2 dan 8 kungacha.