Batafsil tavsif
Qo‘llanilishi
Kattalarda majmuaviy davolash tarkibida:
– OIV-infeksiyalar (2A–2V bosqichlar);
– neyroinfeksiyalar (seroz meningitlar va ensefalitlar, Laym kasalligi);
– A, V, S, D virusli gepatitlar;
– gerpes va sitomegalovirusli infeksiyalar;
– o‘tkir va surunkali bakterial va zamburug‘li infeksiyalar bilan bog‘langan ikkilamchi immuntanqisliklar;
– xlamidiya infeksiyalari;
– biriktiruvchi to‘qimalarning revmatik va tizimli kasalliklari;
– bo‘g‘imlarning degenerativ-distrofik kasalliklari: deformatsiyalanuvchi osteoartroz va boshqalarda qo‘llaniladi.
4 yoshdan katta bolalarda majmuaviy davolashda:
– A, V, S, D, GP virusli gepatitlar;
– gerpetik infeksiyalar;
– OIV-infeksiyada (2A–2V bosqichlar) qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalar
Kattalar
Preparatni mushak ichiga yoki vena ichiga sutkada bir marta bazaviy sxema bo‘yicha: kunora. Davolash kursining davomiyligi kasallikka bog‘liq bo‘ladi.
– A, V, S, D o‘tkir virusli gepatitlarda va aralash shakllarida - preparat bazaviy sxema bo‘yicha 0,5 g dan 10 ta in’eksiyalar yuboriladi. Umumiy doza 5,0 g ni tashkil qiladi. Uzoq muddatli infeksiya bilan kurs 10-14 kundan keyin takrorlanadi.
– V, S, D surunkali virusli gepatitlarda va aralash shakllarda - preparat bazaviy sxema bo‘yicha 0,5 g dan 10 ta in’eksiyalar, keyinchalik majmuaviy davolash tarkibida tutib turuvchi sxema bo‘yicha uch oy davomida haftasiga 3 marta yuboriladi. Interferonlar va kimyoviy davolash bilan birgalikda tavsiya etiladi. Kurs 10-14 kun o‘tib takrorlanadi.
– Gerpes va sitomegalovirusli infeksiyada - 48 soat in’eksiyalar orasida interval bilan (kunora) bazaviy sxema bo‘yicha 0,25 g dan 10 ta in’eksiyalar tayinlanadi. Umumiy doza 2,5 g ni tashkil qiladi. Davolash kasallikning kuchayishi boshida eng samarali hisoblanadi..
– Neyroinfeksiyalarda preparat bazoviy sxema bo‘yicha yuboriladi. Davolash kursi - 48 soat in’eksiyalar orasida interval bilan 0,25-0,5 g dan 12 ta in’eksiya, etiotrop davolash bilan birgalikda. Umumiy doza 3-6 g ni tashkil qiladi. Takroriy kurslar zarurat paydo bo‘lishi bo‘yicha o‘tkaziladi.
– Xlamidiyli infeksiyada – 0,25 g davolash bazaviy sxema bo‘yicha o‘tkaziladi. Davolash kursi 10 ta in’eksiyalarni tashkil qiladi. Umumiy doza 2,5 g ni tashkil qiladi. Davolashning takroriy kursi 48 soat in’eksiyalar orasida interval bilan (kunora) 10-14 kun o‘tib o‘tkaziladi. Preparatning antibiotiklar bilan birga qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
– OIV-infeksiyada (2A–2V bosqich) - 0,5 g bir martalik dozada yuboriladi. Davolash kursi - bazaviy sxema bo‘yicha 10 ta mushak ichiga in’eksiyalar. Keyinchalik tutib turuvchi kurs o‘tkaziladi: 2,5 oy mobaynida besh kunda bir marta. Takroriy kurs bir oy o‘tgandan keyin o‘tkaziladi.
– Immuntanqis holatlarda davolash kursi – 0.25 g bir martalik dozada 48 soat in’eksiyalar orasida interval bilan (kunora) bazaviy sxema bo‘yicha 10 ta mushak ichiga in’eksiyalar. Umumiy doza 2,5 g.ni tashkil qiladi. Takroriy kurs 6-12 oy o‘tib o‘tkaziladi.
– Biriktiruvchi to‘qimalarning revmatik va tizimli kasalliklarida – bazaviy sxema bo‘yicha 5 ta in’eksiyadan 4 kurs, 10-14 kun tanaffus bilan 0,25 g dan. Takroriy kurs shifokorning maslahati bo‘yicha o‘tkaziladi.
– Bo‘g‘imlarning degenerativ-distrofik kasalliklarida – bazaviy sxema bo‘yicha 5 ta in’eksiyadan 2 kurs, bazaviy sxema bo‘yicha 10-14 kun tanaffus bilan 0,25 g dan. Takroriy kurs shifokorning maslahati bo‘yicha o‘tkaziladi.
Bolalar
Preparatni mushak ichiga yoki vena ichiga sutkada bir marta bazaviy sxema bo‘yicha: kunora. Sutkalik davolash dozasi tana vazniga 6-10 mg/kg ni tashkil qiladi.
– A, V, S, D, GP o‘tkir virusli gepatitlarda va aralash shakllarda - preparat 1, 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18, 20, 22, 24, 26, 28 sutkalarda yuboriladi. Uzoq muddatli infeksiya bilan kursni 10-14 kundan keyin takrorlang.
– V, S, D, GP surunkali virusli gepatitlarda - preparat davolash kursining 1, 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18 sutkada va keyinchalik tutib turuvchi sxemasi bo‘yicha patologik jarayonning replikativ va sitolitik faollikni saqlab qolgan holda uch oy davomida uch kunda bir marta yuboriladi. Interferonlar va kimyoviy davolash bilan birgalikda tavsiya etiladi.
– S surunkali gepatitda, gepatitning aralash shakllarida va OIV-infeksiyalarda - tutib turuvchi kursi olti oygacha bo‘lgan muddatga uzaytirilishi mumkin
– OIV-infeksiyada (2A – 2V bosqichlar) - preparat davolash kursining 1, 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, 16, 18 sutkasi va keyinchalik tutib turuvchi sxemasi bo‘yicha uch oy davomida uch kunda bir marta yuboriladi. Takroriy kurs 10 kun o‘tib o‘tkaziladi.
– Gerpetik infeksiyada - preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20, 23 sutkada yuboriladi. Virusning replikativ faolligini saqlab qolgan holda davolash kursi to‘rt hafta davomida uch kunda bir marta preparatni yuborish bilan tutib turuvchi sxemasi bo‘yicha davom ettiriladi.